Ertaga Boysunda xalqaro velo va yugurish marafoni o‘tkaziladi
Boysun tumanidagi “Uzundara” arxeologiya yodgorligini yanada keng targ‘ib etish maqsadida 2022 yildan boshlab har uch yilda bir marotaba avgust oyining uchinchi haftasida “Yunon-Baqtriya” xalqaro xayriya marafonini tashkil etish belgilangan.
Shunga muvofiq, joriy yilning 30 avgust kuni Boysun tumanidagi Sayrob mahallasida sportning velo va yugurish turlari bo‘yicha xalqaro marafon o‘tkaziladi.
Musobaqa g‘oliblari har bir tur bo‘yicha quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 1000 AQSh dollari;
2-o‘rin – 500 AQSh dollari;
3-o‘rin – 300 AQSh dollari.
Musobaqada qatnashish istagidagi sportchi va havaskorlarni bugun, 30 avgust kuni soat 8:00 ga qadar:
+998997473488, +998901359955, +998996799780, +9989366379977 telefon raqamlariga telegram orqali ism-sharifi, telefon raqami, pasporti yoki guvohnomasi foto nusxasi, qaysi mahalla nomidan ishtirok etishi to‘g‘risida ma’lumot qoldirishlari so‘raladi. Qatnashuvchilarning yoshi va jinsi chegaralanmagan.