Rasmiy munosabat

HUMAN.UZ internet sayti orqali “Ishonch telefoni ishlaydimi? Surxondaryo viloyati hokimligiga qo‘ng‘iroq” nomli videomaterialda Surxondaryo viloyati hokimligi ishonch telefoni ishlashi bo‘yicha surishtiruv olib borilganligi va hokimlikning 1088 ishonch telefon raqami ishlamagani ma’lum qilingan.

Surxondaryo viloyati hokimligining 1088 qisqa raqamli ishonch telefoni viloyat hududida ishlashini, internet sayti muxbiri respublikaning boshqa hududidan qo‘ng‘iroq qilganini inobatga olib, qisqa raqamga tusha olmasligi tabiiy.

Viloyat hokimligining (76) 224-22-91, 224-00-86 ishonch telefonlari ham doimiy ish faoliyatida ekanligini va bu raqamlarga respublika va xorijdan turib qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati mavjudligini ma’lum qilamiz. Shuningdek, murojaatlar telegramdagi @surxondaryouz_bot orqali ham qabul qilinishini eslatib o‘tamiz.