Avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish shoxobchalaridagi cheklovlar vaqti
Aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz qo‘yish kompressor shahobchalari (AGTKSh)ga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz ta’minotini 16-20 dekabr kunlarida cheklash bo‘yicha reja-jadval tasdiqlandi.
Rejaga ko‘ra, Angor, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Termiz tumanlaridagi AGTKSh soat 7-00dan 15-00 ga qadar, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, Sherobod, Sho‘rchi, Uzun, Bandixon tumanlari hududida joylashgan AGTKSh soat 7-00dan 17-00ga qadar tabiiy gaz bilan ta’minlanishi belgilangan.
Hurmatli iste’molchilar, amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lib, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytadi.
Noqulayliklar uchun barcha iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Cheklov grafigi bilan tanishish uchun ushbu faylni yuklang