To‘ra Bobolov Termiz shahridagi Oilaviy bolalar uyiga tashrif buyurdi

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Ismoilov Termiz shahri “Guliston” mahallasida yashovchi Muhabbat Xalikova oilasida tashkil etilgan Oilaviy bolalar uyida bo‘lishdi.

Bayram arafasida viloyat rahbari ushbu Oilaviy bolalar uyida oila bag‘riga olingan bolalar bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdi va bolalarga bayram sovg‘alarini topshirdi.

Men uch nafar farzandim bilan qiynalib, uysiz qolgan paytimda davlatimiz tomonidan menga yordam ko‘rsatilib, bepul uy-joy bilan ta’minlandim. Men ham davlatimiz ko‘rsatgan ko‘makdan mamnun bo‘lib, besh nafar bolani o‘z oilam bag‘riga oldim. Ularni Vatanimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xissa qo‘shadigan insonlar qilib tarbiyalashga harakat qilmoqdaman. Bugun viloyatimiz hokimi uyimizga tashrif buyurib, bizning holimizdan xabar oldi. Bolalarimning ko‘nglini ko‘tarib, ularga sovg‘alar topshirdi. Buning uchun bizdek oilalarni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatimizga, bolalarga otalardek mehr ko‘rsatgan Prezidentimizga raxmat aytmoqchiman – deydi o‘n nafar bolani o‘z oilasi bag‘riga olgan Muhabbat Xalikova.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Surxondaryo viloyatida jami 7 ta Oilaviy bolalar uylari mavjud. Jumladan, Termiz shahrida 3 ta, Termiz tumanida 1 ta, Angor tumanida 2 ta, Denov tumanida 1 ta Oilaviy bolalar uylari tashkil etilgan.