Termiz shahri va Termiz tumani aholisi diqqatiga!
Vazirlar Mahkamasining joriy yil 26 sentabrdagi “Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari aholisining turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 523-sonli qaroriga muvofiq Termiz shahrining asosiy qismi va Termiz tumanining ayrim mahallalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/6 kV “Termiz” podstansiyasidagi quvvati 20 000 kVA kuch transformatori katta yuklama bilan ishlab turgani, buning natijasida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotganligini inobatga olgan holda, yangi 40 000 kVA kuch transformatoriga almashtirish belgilangan.
Bugungi kunda yangi, quvvati 40 000 kVA kuch transformatori Termiz shahriga olib kelingan bo‘lib, uni o‘rnatish, montaj-demontaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Termiz shahri va Termiz tumanining elektr ta’minotida joriy yil 14-15-16-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan cheklovlar bo‘lishi ma’lum qilinadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati