“Yosh mutaxassislarni tanlash” dasturi bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad - oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kurslarida o‘qiyotgan qobiliyatli yoshlarni saralab olish, stajirovkasini tashkil etish va keyinchalik kadrlar zaxirasiga kiritish.
Tanlov ikki bosqichda: test va suhbat asosida tashkil etiladi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Surxondaryo viloyati hokimligida stajirovka o‘taydi, stajirovkani namunali yakunlagan yosh mutaxassislar kadrlar zaxirasiga kiritiladi.
Talabgorlardan tanlovda ishtirok etish haqida ariza va davlat oliy ta’lim muassasasining kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruvchi kursida o‘qiyotganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma https://t.me/ishgaqabulbot orqali joriy yil 16 dekabrdan 23 dekabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot ushbu dasturda
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+99876 223 34 52;
+99893 079 47 44