TAYINLOV: Termiz tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Termiz tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Urinov Shuxratjon Bekmaxmatovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Nazarov Shuxrat Xudayberdiyevich tasdiqlandi.
Shuxrat Nazarov 1968 yil 16 aprelda Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1991 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi, huquqshunos.
Sh.Nazarov 2008-2022 yillarda Soliq organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Chirchiq shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.