TAYINLOV: Oltinsoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Djumayev Alisher Turabovich vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Maxmatrayemov Baxrom Omonovich tasdiqlandi.

Baxrom Maxmatrayemov 1974 yil 7 iyunda Denov tumanida tug‘ilgan. 2000 yil Termiz davlat universiteti, 2006 yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi avtotransport korxonalari menejeri, soliqlar va soliqqa tortish.

B.Maxmatrayemov 1996-2021 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2021 yildan buyon Kinematografiya agentligi bosh direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.