Xitoy kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar boʼlib oʼtdi
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Xitoyning “Anxoy Conch Sement” kompaniyasi vakili Chjao Veytsyan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Muzokaralar avvalida xorijlik investorlarga Surxondaryo viloyatining investitsion salohiyati, mavjud imkoniyat va imtiyozlar xususida maʼlumot berildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi vakillari tomonidan viloyatga 200 mln dollar miqdorida investitsiya kiritgan holda 200 gektar maydonda quyosh fotoelektr stantsiyasini qurish loyihasi taklif qilindi.
Muhokama yakunida investorlar tomonidan taklif qilingan loyihalar yuzasidan muzokara oʼtkazilib, uni amalga oshirish boʼyicha kelishuvlarga erishildi.