Mutlaq vazn toifasi g‘olibiga bosh sovrin, “Gentra” avtomashinasi topshirildi
Surxondaryo viloyatida Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan katta kurash musobaqasida mutlaq vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi.
Murosasiz bahslar yakunida:
1-o‘rin – Muhammadkarim Xurramov, Sherobod tumani ("Gentra" avtomashinasi);
2-o‘rin – O‘tkir To‘raboyev, Boysun tumani (Tuya);
3-o‘rin – Muxsin Xisomiddinov, Sariosiyo tumani (Ot);
3-o‘rin – Shermuhammad Jangriyev, Jarqo‘rg‘on tumani (Ot).
G‘oliblarga bosh sovrin, “Gentra” avtomashinasi kaliti va boshqa sovrinlar sertifikatlarini viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tantanali topshirdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati