Angorda Niderlandiya kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy issiqxona qurilmoqda
Angor tumani “Yangi turmush” mahallasida “Angor Surxon G‘ururi” MChJ tomonidan 55 gektar maydonda issiqxona tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirda issiqxona uchun metal konstruksiyalar to‘liq olib kelinib, 12 gektariga o‘rnatilgan va 5 gektarida mahsulot yetishtirish boshlangan. 2023-2024-yillar oralig‘ida qolgan 40 gektar maydonda Niderlandiyaning GA Horticulture muhandislik korxonasi bilan hamkorlikda zamonaviy diffuziyali oynali issiqxona loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, mazkur loyihada ishlarning borishi va mahsulot yetishtirish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Shu yerning o‘zida xorijiy korxona bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan zamonaviy diffuziyali oynali issiqxona loyihasi taqdimoti bilan tanishilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Loyiha doirasida 85,0 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri horijiy investitsiya va horijiy kredit liniyalari mablag‘lari o‘zlashtirilib, 600 ta doimiy, 400 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratiladi.