Termiz shahrida yoshlar bilan ishlashning namunali tizimi joriy etiladi
Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 11 aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqqa asosan Termiz shahridagi “San’at saroyi”da viloyat sektor rahbarlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Viloyatda yoshlar bilan ishlash tizimini namunali tarzda tashkil etish maqsadida Termiz shahri tanlab olingan. Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini hal etish, ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul etib, Termiz shahri sektor rahbarlari va tashkilotlar biriktirildi.
Shuningdek, mas’ullarga yoshlar bilan ishlashning yangi tizimini namunali tarzda tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.