Diqqat e’lon!
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor va Muzrabot tumanlari aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi «Xo‘jaipok» TISICh va Tarqatish bo‘limining birinchi suv ko‘tarish inshootida avariya holati sodir bo‘ldi.
Hozirda «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ tomonidan tuzilgan ishchi guruh inshootdagi nosozliklar sababini o‘rganmoqda va tez fursatda nosozliklar bartaraf etiladi.
Shu tufayli viloyatning yettita tumani aholisiga toza ichimlik suvi ta’minoti ertaga, 26 aprel kuni soat 12:00 ga qadar to‘xtatiladi.
Ushbu hududlar aholisi maxsus texnikalar yordamida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.