Viloyat rahbari avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi

Kuni-kecha Ulug‘bek Qosimov viloyatda mavjud avtomobil yo‘llarining holati, ularda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda yangidan qurilishi rejalashtirilgan yo‘llar taqdimoti bilan tanishdi.

Viloyat hokimining sohaga mas’ul o‘rinbosari, viloyat Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi rahbari va boshqa mas’ullar taqdimot ishida yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, bu borada amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilgan loyihalar, avtobil yo‘llarini ta’mirlash va asfaltlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Viloyat rahbari aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘ladigan, tumanlarni o‘zaro bog‘lovchi, qatnov ko‘p bo‘lgan yo‘llarni birinchi navbatda ta’mirlash, yo‘llarni ta’mirlashda uning sifati va uzoq yillar davomida xizmat qilishiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi va bu boradagi ishlarni o‘z muddatida hamda nazorat ostida bajarish bo‘yicha topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.