Termiz tumanida yiliga 4,5 mln kvadrat metr gilam ishlab chiqaradigan korxona faoliyat yuritmoqda

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, sanoat va ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda kelgusida loyihalarni kengaytirish taqdimotlari bilan tanishdi.

Dastlabki manzilda “Termez National Carpets” MChJning gilam mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Korxona 4 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, shundan bino va inshootlar 2 gektar hududni egallaydi.

Umumiy qiymati 236 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Korxona tomonidan yiliga 4,5 mln kvadrat metr gilam ishlab chiqariladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 55 foizi ichki bozorga, 45 foizi eksportga yo‘naltiriladi.

Viloyat rahbari korxona faoliyati bilan tanishib, mahsulot sifatiga e’tibor qaratish, loyihani kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha o‘zining tavsiyalarini berdi.