“Toza hudud” davlat unitar korxonasiga 10 ta maxsus texnikalar topshirildi
Viloyatda tozalikni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini olib borish va chiqindilarni o‘z muddatida olib chiqish hamda utilizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ishlarni sifatli tashkil etish maqsadida sanitar-tozalash korxonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun Termiz shahrida “Toza hudud” DUKga 878 mln so‘mlik 10 ta zamonaviy chiqindilarni to‘plash va olib chiqishga mo‘ljallangan maxsus texnikalar topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, korxona mas’ullariga topshirilayotgan maxsus texnikalardan samarali foydalanish, shaharni chiqindilardan holi, toza hududga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish vazifasini belgilab berdi.
Ma’lumot o‘rnida, umumiy qiymati 878 mln so‘m bo‘lgan 10 ta maxsus texnikaning “Toza hudud” DUKga topshirilishi, korxonada yangi 30 dan ortiq ish o‘rinlarini yaratishga, chiqindilarni tezkor va sifatli olib chiqishga xizmat qiladi.