“Surxon” sport majmuasidagi qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishildi
Termiz shahridagi eng katta sport majmualaridan biri boʼlgan “Surxon” sport majmuasida sport va trenajyor zali, futbol, basketbol va valeybol maydonlari, tennis korti hamda stadion mavjud. Bugungi kunda «Eriell Group» kompaniyasi tomonidan majmuadagi futbol stadioni va tribunada keng koʼlamli qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov “Surxon” sport majmuasida boʼlib, amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari, majmuada yaratilgan sharoitlar va sport toʼgaraklari faoliyati bilan tanishdi.
Tanishuv davomida sport majmuasi imkoniyatlaridan keng foydalangan holda sportning yengil atletika turlari bilan shugʼullanuvchilar uchun imkoniyatlar yaratish, majmuaning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash boʼyicha loyiha-taqdimotlari bilan ham tanishilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati