Аvval xabar berilganidek, Davlatimiz rahbarining Surxondaryoga tashrifi davomida belgilab bergan topshiriqlariga asosan Termiz shahrida Koʼzi ojizlar kutubxonasi barpo etilmoqda.

Viloyat hokimi mazkur kutubxona qurilishi ishlari bilan tanishib, ishlarni sifatli amalga oshirish va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish, shuningdek, hududda obodonlashtirish va tozalash ishlarini amalga oshirish, koʼp qavatli turar-joylar atrofini tartibga keltirish boʼyicha masʼullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati