Prezident topshirigʼi ijrosi: Surxondaryo viloyatida “IT” sohasini rivojlantirish 3 yoʼnalishda olib borilmoqda
Davlat rahbari huzurida joriy yil 22 fevralь kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida berilgan topshiriqqa muvofiq Surxondaryo viloyatida “IT” sohasini rivojlantirish borasida 3 yoʼnalish belgilab olinib, ishlar boshlab yuborildi.
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ana shu yoʼnalishlar boʼyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida “Oʼzbektelekom” АK Surxondaryo filiali binosida tashkil etilgan “Global Facts Central Asia” MChJ va "IT PARK SURXONDARYO" MChJ rezident korxonalari ish faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda taʼlim olayotgan boʼlajak dasturchilar bilan suhbatlashgan viloyat rahbari ularga oʼzining zarur tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, Birlashgan Аrab Аmirliklari korxonasi bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt sohasida ish olib borayotgan "BPO WIZARD" MChJ korxonasi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi va ular tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi. Hozirda korxona tomonidan “IT” mahsulotlarini eksport qilish borasida 300 ming dollarlik shartnomalar imzolangan.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati