Termiz tumanidagi bogʼchada seminar oʼtkazildi
Termiz tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida davlat-xususiy sherikchilik asosida koʼmirga ixtisoslashgan, markazlashgan isitish tizimlarini joriy etish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etgan tadbirda mutasaddilar davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilingan, kafolat muddati 15 yil boʼlgan, koʼmir sarfi va boshqa xarajatlari nisbatan kamxarajat boʼlgan yangi tipdagi markazlashgan isitish tizimi bilan tanishtirildi.
Viloyat rahbari shuningdek, bogʼchada yaratilgan sharoitlarni ham koʼzdan kechirib, shahar va tumanlar hokimlarining qurilish masalalari boʼyicha oʼrinbosarlariga markazlashgan isitish tizimlarini joriy etish masalalarida vazifalarni belgilab berdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati