“Yangi Oʼzbekiston” massivi va bogʼida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz tumanidagi “Otchopar” majmuasiga tashrif buyurdi.

Umumiy maydoni 55,5 gektar boʼlgan “Yangi Oʼzbekiston” massivi va “Yangi Oʼzbekiston” bogʼidagi qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini doimiy nazoratga olish, tadbirlarning sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida soha masʼullaridan iborat Shtab tashkil etildi va ularning kunlik vazifalari belgilab berildi.

Shtabga 27,0 gektar maydonda amalga oshirilayotgan “Yangi Oʼzbekiston” bogʼini barpo etish ishlarida mavjud daraxtlarni saqlab qolish va ularga shikast yetkazmaslikka eʼtibor qaratish hamda bu borada nazoratni kuchaytirish topshirigʼi berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati