Ulugʼbek Qosimov Qumqoʼrgʼon tumanida tashkil etilgan “Kasblar festivali”da ishtirok etdi

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish va yangi vazifalarni belgilab berish maqsadida Qumqoʼrgʼon tumanida boʼldi.

Dastlab, tumandagi 33-sonli maktabda boʼlgan viloyat hokimi bu yerda 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb-hunar oʼrgatish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar, maktabga tayyorlov guruhlari faoliyati bilan tanishdi. Oʼquvchilarga kitoblar jamlanmalari topshirdi.

Shundan soʼng U.Qosimov ushbu muassasada tumandagi barcha umumtaʼlim maktablari ishtirokida tashkil etilgan “Kasblar festivali”da ham qatnashdi.

Masʼullarga tumandagi boshqa maktablarda ham xuddi 33-sonli maktabdagidek belgilangan talablarga toʼliq javob beradigan, zarur qulayliklarga ega sanitariya-gigiena shahobchalarini qurish boʼyicha koʼrsatma berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati