“Yangi Oʼzbekistonning baxtli bolalari” viloyat festivaliga marhamat!!!
Ertaga, “1 iyunь – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Denov tumanidagi “Аfrosiyob”, “Eko” madaniyat va istirohat bogʼlarida, shuningdek, Sh.Rashidov koʼchasi boʼylab “Yangi Oʼzbekistonning baxtli bolalari” shiori ostida viloyat festivali boʼlib oʼtadi.
Festivalь doirasida turli koʼrgazmalar, quvnoq tanlovlar, teatrlashtirilgan kontsert-tomoshalar va boshqa qator koʼngilochar tadbirlar oʼtkaziladi.
Quvnoq tadbirlar soat 9:00 dan 21:00 ga qadar davom etadi. Barchangizni festivalda kutamiz!
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati