Surxondaryoda bolalarni yozgi sogʼlomlashtirishga jalb qilish ishlari boshlanmoqda

Ertadan boshlab viloyatdagi tanlab olingan maktablar qoshida tashkil etilgan bolalarni yozgi dam oldirish mavsumida kunduzgi sogʼlomlashtirish maydonchalari oʼz faoliyatini boshlaydi. Shuningdek, viloyatdagi barcha oromgohlar bolalarni qabul qilishga shay holatda.

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Qumqoʼrgʼon tumaniga tashrifi chogʼida 27-sonli maktab qoshida tashkil etilgan kunduzgi sogʼlomlashtirish maydonchasi bilan tanishdi.

Maktab qoshidagi sogʼlomlashtirish maydonchasida yaratilgan sharoitlar, toʼgarak xonalarining jihozlanishi, ovqatlanish va dam olish joylarining tashkil etilishi koʼzdan kechirildi. Masʼullarga bolalarning sogʼlomlashtirish maydonchasiga kunlik kelib-ketishi, dam olishi va mashgʼulotlarni oʼtashlarini sifatli tashkil etish hamda belgilangan talablarga asosan ovqatlanishini taʼminlash vazifalari topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati