Yangi Oʼzbekistonning baxtli bolalari: Surxondaryoda bolalar bayrami keng nishonlanmoqda
Bugun, 1 iyunь – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Denov tumanida viloyatning asosiy bayram shodiyonalari boʼlib oʼtmoqda. Har bir shahar va tumanlar uchun ajratilgan povilьonlarda turli koʼrgazmalar, quvnoq oʼyinlar, teatrlashtirilgan kontsert-tomoshalar va boshqa qator koʼngilochar tadbirlar oʼtkazilmoqda.
Bayram tadbirida viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, viloyatimizda istiqomat qilayotgan 1 milliondan ortiq bolalarni bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, tadbirda Denov tumanida yangi qiyofa kasb etayotgan Sharof Rashidov koʼchasining tantanali ochilish marosimi ham boʼlib oʼtdi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu koʼchada 13 kilometrlik yoʼlni yangidan qurish uchun jami 207 mlrd soʼm mablagʼ ajratildi. Bundan tashqari 8,1 mlrd soʼm mablagʼ evaziga 10 mingdan ortiq aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 6 km hamda 22,1 mlrd soʼm evaziga 10 km oqava suv quvurlari yotqizildi. Аholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Sharof Rashidov koʼchasining oʼzida 33 ta yangi koʼp qavatli uy-joy qurilmoqda. Bu esa qariyb 1,5 mingta oila oʼz xonadoniga ega boʼlishini kafolatlaydi.
Yangidan foydanishga topshirilgan Sharof Rashidov koʼchasi, “Аfrosiyob” hamda “Eko” madaniyat va istirohat bogʼlarida bayram tadbirlar koʼtarinkilik bilan davom etmoqda.