Ulugʼbek Qosimov: “Shahar odamlar uchun qulay va kayfiyatni koʼtaruvchi manzilga aylanishi kerak”

Kecha  viloyat rahbari hududlardagi oʼrganish ishlari yakunida Termiz shahrida olib borilayotgan ishlarni masʼullar ishtirokida koʼzdan kechirdi. Shahar odamlar uchun qulay, barcha zarur sharoitlar mavjud, aholimiz va mehmonlarning bahri-dilini ochadigan maskanlari boʼlgan obod manzilga aylanishi lozimligi taʼkidlandi.

Shunga asosan har kunlik belgilab berilayotgan topshiriqlar ijrosini sifatli taʼminlab, har bir koʼchada bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini olib borish boʼyicha yangi vazifalar belgilandi.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati