Kecha viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov hududlarda olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Sherobod tumanida boʼldi. Tumanga tashrifning ilk manzilida viloyat rahbari Аxborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondi, elektron kitoblar arxivini yaratish va undan foydalanishni qulaylashtirish borasida olib borilgan ishlar koʼzdan kechirildi. Koʼp yillik tajribaga ega kutubxonachi xodimlar bilan suhbatda yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish borasidagi fikr-mulohazalari tinglandi hamda ularga taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari “Har bir oila kitobxon” koʼrik tanlovining tuman bosqichi gʼoliblari bilan suhbatlashib, ularga tanlovning keyingi bosqichlarida omadlar tiladi hamda kitoblar jamlanmasini topshirdi.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati