Sherobod tumanida yangi “supermarket” ish boshladi
Kecha sherobodliklar uchun yana bir yangilik, “Usta Rustam bobo” oilaviy korxonasi tomonidan tuman markazida barpo etilgan, umumiy loyiha qiymati 9,5 mlrd soʼmni tashkil etuvchi uch qavatli binoning birinchi qavatida zamonaviy savdo va maishiy xizmat koʼrsatish loyihasi – yangi “supermarket” faoliyatini boshladi.
Loyiha doirasida 15 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan. Shuningdek, obʼektni toʼliq “yashil” energiya bilan taʼminlovchi, 20 kVt quvvatga ega quyosh panellarini oʼrnatish ishlari olib borilmoqda.
Tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov tadbirkor bilan suhbat davomida uch qavatli binoning ikkinchi qavatida umumiy ovqatlanish nuqtasi, uchinchi qavatida bolalar oʼyin maydonchalari va koʼngilochar maskanlarni tashkil etish boʼyicha taklif va tavsiyalarini berdi hamda masʼullarga ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorga kredit mablagʼlari ajratilishida koʼmak koʼrsatish vazifasi topshirildi.