Sherobod tumani “Taroqli” mahallasida tadbirkor А.Norbekov tomonidan qurilgan bino moslashtirilgan holda toʼliq davlat hisobiga oʼtkazilib, 30 oʼrinli bogʼcha tashkil etildi.

Kecha ushbu yangi bogʼcha bolalajonlar uchun foydalanishga topshirildi. 42-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat boshlagan yangi bogʼchada barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan.

Viloyat hokimi mazkur bogʼchaning ochilish marosimida ishtirok etib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va bolajonlarga turli oʼyinchoqlar jamlanmalarini topshirdi.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati