Viloyat rahbari kecha Sherobod tumaniga tashrifining keyingi manzilida tuman Madaniyat markazida boʼlib, markaz faoliyati, yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan toʼgaraklar va ularga taʼtil davrida yoshlarni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Madaniyat markazida estrada sanʼati, rassomlik, qoʼgʼirchoq teatri, xalq amaliy sanʼati, toʼquvchilik, va АKT toʼgraklari va folьklor jamoalari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan. Shuningdek, topshiriqqa muvofiq ovoz yozish studiyasi tashkil etilgan va barcha zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlangan.
Shuningdek, madaniyat markazining aholini madaniy hordiq chiqarishi va yoshlarga madaniyat va sanʼatni oʼrgantishdagi faoliyati yuzasidan taqdimot oʼtkazildi. Viloyat hokimi markaz faoliyati va taqdimot bilan tanishib, yakunda mutasaddilarga toʼgaraklar ishtirokchilari va tuman Bolalar musiqa va sanʼat maktabining iqtidorli oʼquvchilarini qoʼllab-quvvatlash topshirigʼini berdi.