Sherobod tumanida 150 oʼrinli mikromarkaz oʼz faoliyatini boshladi

Аholi, ayniqsa ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida viloyatda keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda. Аna shunday loyihalarning navbatdagisi Sherobod tumanida yoʼlga qoʼyildi. Tumanning “Taroqli” mahallasi hududida foydalanilmayotgan bino taʼmirdan chiqarilib, subsidiya asosida jihozlar bilan taʼminlandi va 10 ta yoʼnalishda hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi, 150 nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlovchi mikromarkaz tashkil etildi.

Kecha viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ushbu mikromarkazning tantanali ochilish marosimida ishtirok etib, yaratilgan ish oʼrinlari, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Masʼullarga viloyatning har bir hududida bu kabi mikromarkazlar faoliyatini yoʼlga qoʼyish topshirigʼi berildi.

Shuningdek, ushbu mikromarkaz qoshida “Mahalla” xayriya jamoat fondi homiyligida aholiga parranda tuxumlarini ochirish va joʼja yetkazib berish faoliyati yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, tuman mutasaddilariga ushbu faoliyatni kengaytirish, aholi xonadonlarida parrandachilikni rivojlantirish orqali bandligini taʼminlash maqsadida joʼjalarni bepul yetkazib berish vazifasi topshirildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati