Termiz tumanida ijtimoiy soha obʼektlarining faoliyati bilan tanishildi
Termiz tumanida ijtimoiy soha obʼektlarining faoliyati bilan tanishildi
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq Termiz tumanidagi ijtimoiy soha obʼektlari, 13-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 70-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.
Quvvati 90 oʼrinli boʼlgan 13-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishgan viloyat rahbari, tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning fundamental asoslarini bolalikdan oʼrgatish borasida olib borilayotgan mashgʼulotlarni koʼzdan kechirdi. Bolajonlar uchun turli oʼyinchoqlar topshirildi. Bogʼchada muqobil energiya manbalari joriy etilgan.
Keyingi manzilda viloyat hokimi 70-sonli oilaviy poliklinikada boʼlib, “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish, tibbiy xizmat koʼrsatishni raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Poliklinikada sharoitlar, obodonlashtirish ishlari hamda muqobil energiya manbalaridan foydalanish namunali yoʼlga qoʼyilgan. Tibbiyot maskani bilan tanishuv yakunida poliklinikaning patronaj hamshiralariga ish faoliyatida foydalanishlari uchun planshetlar topshirildi.