Muzrabotda 100 oʼrinli zamonaviy xususiy bogʼcha foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumani “Madaniyat” mahallasida “Rayhongul” MChJ tomonidan qurilgan, loyiha qiymati 1,8 mlrd soʼmlik davlat-xususiy sherikichilik asosidagi 100 oʼrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti oʼz faoliyatini boshladi.

Bugun mazkur bogʼchaning tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov, tuman mutasaddilari, nuroniylar, faollar va yoshlar hamda soha masʼullari ishtirok etishdi. Xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Maʼlumot uchun, hozirgi kunda tumanda 23 ta davlat, 1 ta nodavlat, 8 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat va 112 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Mazkur bogʼchalarda tumandagi 3-7 yoshdagi 13,7 ming nafar bolalarning 8,1 nafari yoki 59,3 foizi maktabgacha taʼlimga qamrab olingan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati