Jismoniy shaxslar, tadbirkorlar hamda nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek institutlar diqqatiga!!!

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xuzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon banki ishtirokidagi “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish - 2 - faza” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida 2 ta “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi” tashkil etilishiga ko‘maklashish belgilangan.

“Biznes-inkubator va murabbiylik markazlari” tadbirkorlarni, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholini, ayniqsa  yoshlar va ayollarni tadbirkorlikka o‘qitadi, ularga biznes loyihalarini ishlab chiqishga yordamlashadi, biznes g‘oyalarni shakllantirishga ko‘maklashadi, moliyalashtirish yo‘llarini topishga yordam qiladi, ularning tadbirkorlik faoliyati yo‘lga tushib ketguncha murabbiylik qiladi.

Ushbu Loyiha ko‘magi bilan Surxondaryo viloyatida “Biznes-inkubator va murabbiylik markazi”ni tashkil etish, faoliyatini olib borish va bundan tijorat faoliyati sifatida foyda olish istagida bo‘lgan nomzodlar o‘z arizalarini joriy yilning 26 iyuniga qadar Surxondaryo viloyati hokimligi huzurida tashkil etilgan komissiyaga (manzil: Termiz sh. Dilnavo ko‘chasi 16 “V” uy,) taqdim etishlari mumkin.

“Biznes inkubator va murabbiylik markazi”ni tashkil etish shartlari, Loyiha tomonidan taqdim etiladigan ko‘maklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ariza namunalarini ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Agar Siz Surxondaryo viloyatida o‘z biznes-inkubator va murabbiylik markazingizni tashkil etish va uni barqaror tijorat faoliyatingizga aylantirmoqchi bo‘lsangiz tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!

Qo‘shimcha ma’lumot olin uchun: +99899 077 99 93