Sektor rahbarlarining nuroniylar va mehnat faxriylari bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi

Bugun erta tongdan “Аl-Hakim Аt-Termiziy” majmuasida sektor rahbarlari nuroniylar, mehnat faxriylari va faollar bilan bir piyola choy ustida uchrashuv oʼtkazib, ular bilan dildan suhbat qurishdi. Tadbirda viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etib, nuroniylar va mehnat faxriylaridan oʼzlarining boy hayotiy tajribasi bilan yoshlarga nasihatda boʼlish, faollardan har jabhada ularga oʼrnak koʼrsatib, yoshlarni toʼgʼri yoʼl-yoʼrik koʼrsatishga chorladi.

Tadbirda bir guruh nuroniylar va mehnat faxriylar viloyatning har bir sohada ildamlashiga qoʼshayotgan hissalari uchun ragʼbatlantirilib, ularga viloyat hokimligining sovgʼalari topshirildi.

Toʼkin dasturxon atrofida jam boʼlgan nuroniylar yurt tinchligi, aholi farovonligi, osmonimiz musaffoligi hamda keng koʼlamli islohatlarimizning bardavom boʼlishini soʼrab duoga qoʼl ochishdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati