Hududlarga tashrifning keyingi manzili Jarqoʼrgʼon tumani boʼldi. “Jayxun Termiz klaster” MChJda tumandagi 170 ta fermer xoʼjaligining suvchilari, dala ishchilariga 200 kilogramda bugʼdoy topshirildi va ish haqlari toʼlandi.
Viloyat rahbari tuman mutasaddilari, klaster va fermer xoʼjaliklariga oziq-ovqat xavfsizligi hamda aholi bandligini taʼminlash, oilalar daromadlarini oshirish maqsadida gʼalladan boʼshagan maydonlarni ekin ekishga tayyor holda ekin urugʼlari bilan ishsiz va “daftarlar”da turgan fuqarolarga ajratish tadbirlarini davom ettirib, yer maydonlarini bosqichma-bosqich ajratib borish topshirigʼini berdi.