Yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida takroriy ekin uchun yer maydonlari ajratish tadbirlari Sherobod tumanida davom etdi. Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov tumanda boʼlib, tuman mutasaddilari, qishloq xoʼjaligi sohasi xodimlari, xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazdi.

Uchrashuvda tuman gʼalla rejasini ortigʼi bilan bajarganligi taʼkidlanib, gʼalla oʼrim-yigʼimida faol ishtirok etgan 50 dan ortiq otryad rahbarlari, aʼzolari, ilgʼor fermer xoʼjaligi rahbarlari va ishchilari, mexanizatorlar, kombayn operatorlari hamda suvchilarga sovgʼalar topshirildi. Shuningdek, “Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning 100 nafariga bugʼdoy tarqatildi.

Tumanning 4 ta hududidagi fermer xoʼjaliklarining gʼalladan boʼshagan maydonlari shudgorlanib, ekin urugʼlari bilan 150 nafar yoshlarga ajratib berildi. Tadbir soʼngida ehson uchun jonliq soʼyilib, tumandagi Iso Termiziy majmuasida dasturxon yozildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati