Yangi tayinlov

Yoshlar siyosati va sport vazirining tegishli buyrugʼi bilan, Toʼraboev Bekzod Saitqulovich Surxondaryo viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshligʼi etib tayinlandi.

B.Toʼraboev 1984 yilda Termiz shahrida tugʼilgan. 2007 yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 2013 yil Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – huquqshunos, sport faoliyati, dzyudo.

U faoliyati davomida ichki ishlar organlari, xususiy sektor, sport maktablari va sport federatsiyalarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar 2019 yildan buyon Toshkent oliy sport mahorati maktabi dzyudo sport turi treneri vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati