Davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan yurtimizdagi barcha mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʼyicha dasturlar qabul qilinib, keng koʼlamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyatimizda bu kabi tadbirlar davom etmoqda. Ushbu belgilangan dasturlar ijrosini koʼzdan kechirish maqsadida viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz tumani “Nurli diyor” mahallasida boʼldi.

Mahallada joriy yilda 2 kilometrdan ortiq ichki yoʼllar asfalьtlandi. Hozirda yana 1,2 kilometr ichki yoʼl asfalьtlash uchun tayyorlanmoqda. Masʼullarga yoʼllarni sifatli taʼmirlash, elektr energiya taʼminotini yaxshilash maqsadida mavjud transformator punktini katta quvvatlisiga almashtirish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish topshirigʼi berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari ayrim xonadonlarda boʼlib, aholining turmush sharoitlari, tomorqadan foydalanish holati bilan tanishdi va fuqarolar bilan suhbatlashdi. Yerdan unumli foydalanilayotganligi, deyarli har bir xonadonda issiqxonalar tashkil etilganligi va uzum voishlari qilinganligi eʼtirof etildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati