Viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov Termiz tumaniga tashrifining keyingi manzilida “Аt-Termiziy” mahallasi hududida joylashgan 22-sonli maktabda olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishdi.

Maktab binosini rekonstruktsiya qilish loyihasi viloyatdagi 62 ta ogʼir sharoitdagi maktablarni taʼmirlash dasturi asosida amalga oshirilayotgan boʼlib, loyiha qiymati 1 mlrd 68 mln soʼmni tashkil etadi.

Viloyat rahbari quruvchi tashkilot vakillari hamda maktab masʼullari bilan suhbatlashdi. Tuman mutasaddilariga ishlarni sifatli amalga oshirish ustidan doimiy nazorat oʼrnatish, loyihani yangi oʼquv yili boshlangunga qadar yakunlash topshirigʼi berildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati