Denov tumanida 250 oʼrinli tikuvchilik sexi ishga tushirildi

Denov tumani “Namozgoh” mahallasida ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yangi ish oʼrinlarini yaratish maqsadida 250 ish oʼrniga ega, subsidiya asosida jihozlar bilan taʼminlangan tikuvchilik sexi ishga tushirildi.

Loyihaning ochilish marosimida viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov ishtirok etdi.

Viloyat rahbari "Indenim tekstil" MChJ tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyihada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, loyihani kengaytirish, ish oʼrinlari sonini koʼpaytirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish boʼyicha taklif va tavsiyalarini berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati