Navbatdagi tadbirkorlar qabuli oʼtkazildi

Qabulda ishtirok etgan 15 nafar tadbirkorning 18 ta turli masalalardagi murojaatlari mutasaddilar ishtirokida oʼrganib chiqildi. Kelib tushgan murojaatlarning 4 tasi shu yerning oʼzida ijobiy hal etildi.

Ijrosi muddat va qoʼshimcha oʼrganish talab qiladigan masalalar tegishliligi boʼyicha masʼullarga yoʼnaltirilib, ijrosi viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

 Eslatib oʼtamiz, “Tadbirkorlar qabuli”da ishtirok etish istagida boʼlganlar haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:

+99876 225 12 37;
 +99891 585 02 42;
 +99890 645 53 80.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati