Dastur ijrosi muhokama qilindi

Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov rahbarligida Termiz shahridagi 37 ta mahalla infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijrosi biriktirilgan korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi. Videokonfrentsaloqa tarzida oʼtkazilgan muhokamada viloyat, shahar sektor rahbarlari, mahallalarga biriktirilgan tashkilot, korxona va boshqarmalar rahbarlari, shahar studiyasidan masʼullar, mahallalardagi “Beshlik” ishtirok etdi.

Dastur ijrosi kunlik joylarga chiqilgan holda oʼrganilmoqda va masʼullarning biriktirilgan hududlarda ishlarni tashkil etishdagi xato va kamchiliklari koʼrsatib oʼtilmoqda. Bugun oʼrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha koʼrilgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yoʼl va yoʼlaklar qurish, koʼp qavatli turar-joylarni taʼmirlash, ichimlik va oqova suv tarmoqlari tortish kabi qator tadbirlarni sifatli amalga oshirish topshirildi. Har bir topshiriq ijrosiga muddat belgilanib, ijrosi kunlik nazorat qilib borilishi taʼkidlandi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati