Viloyat hokimining Termiz shahridagi loyihalar bilan tanishuvi “Imkon Maks” MChJning mebel ishlab chiqarish korxonasida davom etdi.
Shaxriston mebellar markazi nomi bilan tanilgan mazkur korxona yiliga 500 komplekt mebel ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Hozirda koʼpgina mebellar turlarini mahalliylashtirish, sifatli mebel mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʼullanayotgan MChJ rahbari bilan suhbat davomida faoliyatni kengaytirish, mahsulotlar turlarini koʼpaytirish, ish oʼrinlari sonini oshirish boʼyicha tavsiyalar berildi.
Tadbirkorga ishlab chiqarilgan mahsulotlarga xaridor topishda koʼmak koʼrsatish boʼyicha masʼullarga koʼrsatmalar berildi.