Yangi tayinlov

Tangriev Panji Qobilovich Suv taʼminoti va oqova suv obektlari qurilishi boʼyicha injiniring kompaniyasi unitar korxonasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi etib tayinlandi.

U 1969 yilda Termiz tumanida tugʼilgan. 1991 yil Toshkent xalq xoʼjaligi institutini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

P.Tangriev mehnat faoliyati davomida moliya boshqarmasi boshligʼi, viloyat hokimining oʼrinbosari, tuman hokimi, uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish boshqarmasi boshligʼi lavozimlarida mehnat qilgan.

Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati