Qurilish sohasidagi ishlar tanqidiy muhokama qilindi: Аyrim rahbarlar ishdan olindi
Bugun viloyat hokimi Ulugʼbek Qosimov rahbarligida videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi. Yigʼilishda ijro intizomi, qurilish sohasida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar, maktablarni yangi oʼquv yiliga tayyorlash va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Prezident Farmon va qarorlari, topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, yigʼilish bayonlari hamda hududlarda oʼtkazilgan oʼrganishlar davomida berilgan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinib, ijro intizomiga qatʼiy rioya qilmaganligi, topshiriqlar ijrosini toʼliq taʼminlamaganligi uchun viloyat hokimining tarmoqlar boʼyicha oʼrinbosarlari ogohlantirildi.
Qurilish sohasida yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar keskin tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Аniqlangan kamchilkilarni bartaraf etmagan, oʼz vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK direktori, Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi boshqarmasi boshligʼi, Mintaqaviy yoʼllarni qurish buyurtmachi xizmati DUK Surxondaryo filial direktori ishdan olindi.
Yigʼilishda kun tartibidagi barcha masalalar tanqidiy tahlil qilinib, masʼullarning axborotlari tinglandi. Yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar koʼrsatib oʼtilib, ularni bartaraf etish boʼyicha muddat va vazifalar belgilab berildi.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati