Yangi tayinlov
Suvonkulov Аxmad Xudayshukurovich viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori lavozimiga tayinlandi.
U 1968 yilda Jarqoʼrgʼon tumanida tugʼilgan. 1994 yil Toshkent davlat texnika universitetini, 2009 yil Toshkent moliya institutini tugatgan. Maʼlumoti boʼyicha mutaxassisligi – togʼ muhandisi, moliya.
А.Suvonqulov mehnat faoliyati davomida viloyat hokimligi kotibiyat mudiri, tuman hokimining oʼrinbosari, Moliya, Iqtisodiyot va sanoat vazirliklarida turli vazifalarda hamda Surxondaryo viloyati hokimining oʼrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar 2023 yildan buyon “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi direktor oʼrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.