Viloyat hokimi Jarqoʼrgʼon tumanida boʼlib, “Oqtepa” suv ombori boʼyidagi “Ovchilik” xoʼjaligi faoliyati bilan tanishdi.
Umumiy maydoni 84 gektar boʼlgan oʼrmonzorda 30 turga yaqin jonivor, 500 turdan ortiq daraxtlar mavjud. Viloyat rahbari xoʼjalik faoliyati bilan tanishib, Аleksandr Fedin va soha mutasaddilari bilan suhbatlashdi.
Kichik oʼrmonzor boʼlgan xoʼjalik hududini asrash, flora va fauna hilma-xilligini oshirish, belgilangan talablar asosida ovchilikni yoʼlga qoʼyish orqali ekoturizmni rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʼyildi.