Jarqoʼrgʼon tumani “Obodguzar” mahallasida monomarkaz ish boshladi

Viloyat hokimi monomarkazning ochilish marosimida ishtirok etib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, ish oʼrinlari, kasb-hunar oʼrgatish toʼgaraklari faoliyati bilan tanishdi.

Monomarkazda avtomobillar ustasi, chilangarlik, tikuvchilik kabi qator kasblar boʼyicha ishsiz fuqarolarni oʼqitish yoʼlga qoʼyilgan. Viloyat rahbari shu yerlik nuroniylar, kasb-hunar oʼrganishga kelgan fuqarolar bilan suhbatlashdi. Masʼullarga monomarkaz faoliyatini kengaytirish, talab yuqori boʼlgan kasblarga oʼqitish kurslarini tashkil etish, kasb-hunar oʼrgangan ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash boʼyicha vazifalarni belgilab berdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati