Boysunda 10 mln dollarlik sement ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda

Boysun tumani “Sayrob” mahallasi hududidagi 8,7 gektar maydonda “PRB Investment Co” MChJ tomonidan umumiy qiymati 10 mln dollar boʼlgan, toʼliq toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiya hisobiga sement ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Yillik ishlab chiqarish quvvati 200 ming tonna, eksport hajmi 5,3 mln dollarni tashkil etuvchi loyiha 2 bosqichda amalga oshirilmoqda va toʼliq quvvatda ishga tushirilgach 50 ta ish oʼrni yaratiladi.

Viloyat rahbari mazkur loyihada olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, masʼullarning loyiha yuzasidan axborotlarini tingladi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, loyihani muddatida ishga tushirish boʼyicha masʼullarga vazifalar belgilab berildi.

Maʼlumot uchun, Boysun tumanida 2023 yil hududiy investitsiya dasturi asosida, umumiy qiymati 173 mlrd 381 mln soʼmlik 39 ta loyihani amalga oshirish, 497 ta yangi ish oʼrinlari yaratish rejalashtirilgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati